19-sentabr, o‘tgan haftaning juma kuni sotuvga chiqarilgan yangi iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari uch kun ichida 10 million dona sotildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
2013-yilda taqdim etilgan iPhone 5s hamda iPhone 5c smartfonlari ham haftaning juma kuni sotuvga chiqarilgan va ilk uch kunda 9 million dona sotilgan edi. Yangi iPhone 6 smartfonlari esa iPhone 5s/5c smartfonlari o‘rnatgan rekordni yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, iPhone 6 smartfonining 16 Gb xotirali turi Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida 5,5 million so‘mdan sotilmoqda. Apple internet do‘konida esa ushbu smartfonlarni quyidagi narxlarda xarid qilish mumkin:
iPhone 6
- 16 Gb – 649 dollar;
- 64 Gb – 749 dollar;
- 128 Gb – 849 dollar.
iPhone 6 Plus
- 16 Gb – 749 dollar;
- 64 Gb – 849 dollar;
- 128 Gb – 949 dollar.
Izoh (0)