Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida Galaxy S5’ning kichik turi – Galaxy S5 mini smartfoni 1 200 000 so‘mdan sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Galaxy S5 mini smartfonida 4,5 dyuymli Super AMOLED displey, 1,4 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 1,5 Gb tezkor xotira, 8 megapikselli asosiy kamera, 2100 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan.
Unda Galaxy S5 smartfonidagi kabi S Health, yurak urishini nazorat qilish, barmoq izi skaneri, NFC funksiyalari mavjud. Unda ham LTE moduli o‘rnatilgan bo‘lib, qurilma suv va changga qarshi himoyalanganlik – IP67 sertifikatiga ega.
Samsung Galaxy S5 smartfonida esa 5,1 dyuymli displey, 2 Gb tezkor va 128 gigabaytgacha kengaytirish mumkin bo‘lgan 16 Gb ichki xotira, 2 megapikselli old va 16 megapikselli orqa kamera, 2,5 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 801 protsessori, 2800 mA·soat quvvatga ega batareya, Android 4.4.2 operatsion tizimi o‘rnatilgan. Uni “Fleshka” savdo majmuasida 1 800 000 so‘mdan sotib olish mumkin.
Izoh (0)