Samsung kompaniyasi Android’dan voz kechib, Tizen operatsion tizimida ishlaydigan ilk smartfonlarini noyabrda taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Iyul oyida Samsung Tizen operatsion tizimida ishlaydigan Samsung Z smartfonini taqdim etishi e’lon qilingan edi. Ammo bu taqdimot biroz vaqt o‘tgach bekor qilingan va kompaniya arzonroq narx hamda quyiroq xususiyatlarga ega Tizen smartfonlarini taqdim etishi kutilayotgan edi.
The Economic Times’ning xabar berishicha, Samsung noyabr oyida ilk Tizen smartfonini Hindistonda taqdim etishini rasman tasdiqlagan. Hozircha, aynan qanday modeldagi va qanday xususiyatlarga ega smartfon taqdim etilishi haqida ma’lumotlar mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, Samsung Gear S aqlli soatida Android Wear’ni emas, Tizen operatsion tizimini ishlatgani va Tizen smartfonlarini ishlab chiqarmoqchi ekanligi Google’ga yoqmayapti.
Izoh (0)