20-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan onlayn-forumda “Otkritaya Rossiya” (“Ochiq Rossiya”) loyihasi yangilangan holda ishga tushdi. Mixail Xodorkovskiy agar inqirozli vaziyatdan chiqib ketish uchun undan Rossiya prezidenti bo‘lishi talab qilinsa, bu lavozimni egallashga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Le Monde nashriga tayanib, Gazeta.ru xabar bermoqda.
“YuKOS” neft kompaniyasining sobiq rahbariga kelajakda Rossiya Federatsiyasining prezidenti bo‘lish bilan bog‘liq rejalari haqida savol berilganda, u “Agar inqirozni yengish va asosan prezidentlik hukumatini sud tizimi, parlament va fuqarolik jamiyatiga qayta taqsimlashni ko‘zda tutuvchi konstitutsion islohotni amalga oshirish zarurati tug‘ilsa, men o‘zimga ishning mana shu qismini olishga tayyorman”, — deb javob berdi.
Shu bilan bir vaqtda, Xodorkovskiy hozirda uning oldiga bunday vazifa qo‘yilmaganini qayd etdi.
“Agar mening vatanim yaxshi rivojlanayotgan bo‘lganida, meni Rossiya prezidentiga aylanish to‘g‘risidagi fikr qiziqtirmagan bo‘lardi”, — dedi Xodorkovskiy.
“YuKOS” sobiq rahbarining nutqini tinglab, u siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni mo‘ljallamoqda degan xulosaga kelish mumkin, deyiladi nashrda.
Izoh (0)