Avstraliyalik ilk iPhone 6 xaridorlaridan biri televideniyega intervyu berish chog‘ida yangi smartfonini yerga tushirib yubordi. Bu haqda LookAtMe ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Yosh yigit intervyu berish paytida iPhone 6’ni qutisidan chiqarishga harakat qiladi, ammo ehtiyotsizligi yoki hayajoni sabab, yangi smartfon yerga tushib ketadi. Videoda ko‘ringanidek, smartfonga hech narsa bo‘lmagan, ammo yangi smartfonni do‘kondan olib chiqiboq qo‘ldan tushirib yuborish alamli.
Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gonkong, Kanada, Puerto Riko, Singapur, AQSh, Fransiya va Yaponiyada yangi iPhone 6 hamda iPhone 6 Plus smartfonlarining sotuvi rasman boshlandi.
20-sentabrdan boshlab 16 Gb ichki xotiraga ega iPhone 6 smartfoni O‘zbekistonda 5,5 million so‘mdan sotila boshlandi. Butun dunyo bo‘ylab eng arzon iPhone 6 smartfonlari qayerda sotilayotgani bilan ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)