Mashhur aktyorlar “Titanik” kemasi halokatidan qutilib, hozirda tirik bo‘lgan yagona guvoh Millvina Dinni davolash uchun yordam bera boshladi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Millvina Din afsonaviy “Titanik” halokatga uchraganida ikki oylik chaqaloq bo‘lgan. 1912-yil sodir bo‘lgan voqeaning so‘nggi guvohi bundan uch yil avval belini sindirib olgan edi. Shundan beri, Din Angliyadagi Sautgempton nomli shaharchada joylashgan qariyalar uyida istiqomat qilib kelmoqda.
Millvina qarigan chog‘ida muolajalar uchun pul to‘lash muammosiga yo‘liqdi. Shu bois u “Titanik”dan xotira bo‘lib qolgan suvenirlarni sotishga majbur bo‘ldi.
Mazkur afsonaviy kema haqida suratga olingan filmda bosh rollarni ijro etgan Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet Millvinaning ahvoli haqida xabar topgach, ayolga yordam berish maqsadida The Millvina Fund xayriya jamg‘armasini tashkil etdi. Aktyorlarning aytishicha, ayol o‘zining kelajagi ta’minlanganini bilsa, tezroq sog‘ayadi va bemalol dam oladi.
Izoh (0)