Yevropa chempionlar ligasi doirasida kecha bo‘lib o‘tgan bahslarning to‘rttasi durang bilan yakunlandi. Shu bilan birga o‘ta yirik hisoblar ham qayd etildi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
“Portu” o‘z maydonida BATEni 6:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Moskvaning SSKA jamoasi “Roma” maydonida 1:5 hisobida mag‘lubiyatni tan oldi.
“Bavariya” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi kunning markaziy bahsi taqdirini so‘nggi daqiqada Jerom Boateng tomonidan urilgan gol hal qildi. “Chelsi” esa o‘z maydonida “Shalke”ni mag‘lub eta olmadi. “Barselona” Kiprning kamtar jamoasi — “APOEL”ni kamtar hisobda mag‘lub etdi.
Chempionlar ligasi, 1-tur
“E” guruhi
“Roma” (Italiya) — SSKA (Rossiya): 5:1 (4:0)
“Bavariya” (Germaniya) — “Manchester Siti” (Angliya): 1:0 (0:0)
“F” guruhi
“Ayaks” (Gollandiya) — “PSJ” (Fransiya): 1:1 (0:1)
“Barselona” (Ispaniya) — “APOEL” (Kipr): 1:0 (1:0)
“G” guruhi
“Chelsi” (Angliya) — “Shalke-04” (Germaniya): 1:1 (1:0)
“Maribor” (Sloveniya) — “Sporting” (Portugaliya): 1:1 (0:0)
“H” guruhi
“Portu” (Portugaliya) — BATE (Belorussiya): 6:0
“Atletik” (Ispaniya) — “Shaxtyor” (Ukraina): 0:0
Izoh (0)