Telefonda biror nima yozib yoki o‘qib ko‘chada harakatlanish inson hayoti uchun xavfli. Bu borada bir qancha ogohlantirishlar va loyihalar o‘tkazilgan. Shulardan biri hisoblanmish – ko‘chada mobil telefonidan foydalanib, undan “ko‘zini uza olmaydiganlar” uchun alohida yo‘l Xitoyning Chunsin shahrida qurildi. Bu haqda Mashable ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Xitoy hamda ingliz tillarida “Telefondan foydalanuvchilar uchun” deb yozilgan ushbu yo‘lning uzunligi 30 metrdan iborat. Uning yonida esa ko‘chada mobil telefonidan foydalanmaydiganlar uchun alohida yo‘l qoldirilgan.
Shuningdek, yo‘l chetida “Xitoyda mobil telefondan foydalanuvchilar uchun ilk yo‘l qurildi” deb yozilgan ogohlantirishlar hamda ushbu yo‘ldan qanday foydalanish kerakligi tushuntirilgan bannerlarni ham ko‘rish mumkin.
Mahalliy rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘l ko‘chada yurganda mobil qurilmalardan foydalanmaslik yaxshi ekanligini eslatib turadi.
Izoh (0)