Microsoft kompaniyasi 30-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan tadbiriga taklif qilishni boshladi. Bu haqda Mashable ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, ushbu tadbirda kompyuterlar uchun mo‘ljallangan Windows operatsion tizimining yangilangan Windows 9 versiyasi taqdim etiladi. Shuningdek, kichikroq displeyli Surface Pro plansheti ham taqdim qilinishi mumkin.
Microsoft yuborayotgan taklifnomalarda “Windows va ish faoliyatimizda nima yangiliklar ekanligini tinglash uchun bizga qo‘shiling” deb yozilgan. Ushbu tadbir San Fransiskoda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, rasman tasdiqlanmagan Windows 9 operatsion tizimining suratlari e’lon qilingan edi. Unda Пуск menyusi yonida izlash tugmasini va bir qancha tugmalar yangi dizaynda ekanligini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)