LG kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab L lineykasidagi so‘nggi smartfonlari L Fino va L Bello’ning sotuvini boshlaydi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu smartfonlar avval Braziliyada, keyin esa Lotin Amerikasi, Yevropa, Osiyo va Rossiyada sotila boshlanadi. Ularda smartfonni qulfdan chiqarish uchun QuickCircle va displeyni maxsus, yashirin hamda 86 000 xil kod bilan qulflash uchun KnockCode funksiyalari mavjud bo‘ladi.
L Fino smartfonida 4,5 dyuymli displey, 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 1 Gb tezkor va 4 Gb ichki xotira (+MicroSD), VGA old va 8 megapikselli orqa kamera, 1900 mA·soat quvvatga ega batareya, Android 4.4.2 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan bo‘ladi. Uning oq, qora, qizil, oltin va yashil rangli turlari sotiladi.
L Bello smartfonida esa 5 dyuymli displey, 1,3 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira (+MicroSD), 1 megapikseli old va 8 megapikselli orqa kamera, 2540 mA·soat quvvatga ega batareya, Android 4.4.2 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan bo‘ladi. Uning oq, qora va tilla rangli turlari sotiladi.
Izoh (0)