Rossiya liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy o‘zining Yevroittifoq tomonidan tuzilgan qora ro‘yxatdan joy olganiga izoh berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Rahmat, Bryussel! Mening ism-sharifim sanksiyalar ro‘yxatida — bu ‘Ruslarni himoya qilganlik uchun’ orden!” — deya, Rossiya Davlat Dumasi deputati o‘zining Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni Yevroittifoq Rasmiy jurnalida 12-sentabr, juma kuni e’lon qildi.
Rossiya va Ukraina uchun qora ro‘yxatga 24 ta ism-sharif qo‘shilib, undagi jami shaxslar soni 119 taga yetdi.
Izoh (0)