Ispaniya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan “Barselona” hamda “Atletik” klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda 2:0 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Ikki golni ham braziliyalik Neymar zaxiradan tushib, darvozaga kiritdi. 79-daqiqagacha tabloda 0:0 hisobi porlab turgandi. Neymar o‘ziga berilgan imkoniyatdan to‘liq foydalanib, jamoasiga uch ochko olib berdi.
O‘yin hisobi biroz qisqarishi ham mumkin edi. Ammo Bravo darvozada ishonchli o‘yin namoyish etdi.
Ispaniya chempionati, 3-tur
“Barselona” — “Atletik”: 2:0
Gollar: 0 — 79 Neymar, 2:0 — 84 Neymar.
“Barselona”: Bravo, Montoyya, Matye, Alba, Pedro (S.Ramires, 78), Buskets, Inyesta, Maskerano (Pike, 46), Rakitich, Munir (Neymar, 63), Messi.
“Atletik”: Iraysos, M.Riko (Vigera, 83), Gurpegi, Laport, Balensiaga, De Markos, Iturraspe, Susayeta (Ibai Gomes, 63), Benyat (Unai Lopes, 63), Muniain, Aduris.
Ogohlantirishlar: Aduris (30), Buskets (62).
Izoh (0)