UEFA tashkiloti prezidenti Mishel Platini o‘yin paytida tortishuvlarga sabab bo‘ladigan vaziyatlarni aniqlashda ishlatiladigan videotakror tizimini kerak emas, deb hisoblamoqda. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Avvalroq Fransiya Professional futbol ligasi prezidenti Frederik Tirye ushbu tizimni tekshirib ko‘rish kerak, degan g‘oyani ilgari surgan edi.
Shuningdek, FIFA tashkiloti prezidenti Yozef Blatter uchrashuvlar vaqtida murabbiylar tomonidan videotakrorlarni ko‘rish jarayoni qanday kechishi haqida ma’lumot berganini xabar qilgandik.
“Men bunga qarshiman. Garchi o‘zim futboldan chiqqan bo‘lsam-da, videotakrorni hakamlarga kerak emas, deb hisoblayman.
Futbolni robotlar emas, tirik odamlar o‘ynaydi. Shuning uchun maydonda boshqaruvni televizion kamera emas, insonlar amalga oshirishi kerak”, — dedi L’Equipe nashri Platini so‘zlarini keltirib.
Izoh (0)