Samsung kompaniyasi sentabr boshida yangi Galaxy Note 4 va Galaxy Note Edge smartfonlarini taqdim etgan edi. Note 4 oktabr boshidan, Note Edge esa yil oxirigacha sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
Hyundai Securities mutaxassislarining fikricha, yangi Galaxy Note 4 planshetofoni Galaxy Note 3’dan ko‘ra ko‘proq sotilmaydi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Mutaxassislar Note 4 yil oxirigacha 11 million dona sotilishini taxmin qilishgan. Bu esa Note 3 o‘tgan yil qayd etgan ko‘rsatkich bilan bir xil bo‘ladi. Shuningdek, botiq displeyli Note Edge planshetofoni esa o‘zgacha displeyi sabab, foydalanish uchun noqulay deb hisoblanishi va yil oxirigacha bir million dona sotilishi taxmin qilingan.
Ammo, 5100 nafar kishi ishtirok etgan so‘rovnomada yangi Galaxy Note gadjetlari IFA-2014 ko‘rgazmasida taqdim etilgan eng yaxshi smartfonlar deya topilgan. Shuningdek, yangi Galaxy Note 4 planshetofonining Note 3’dan to‘qqizta ustun tomoni ham sanab o‘tilgan edi.
Siz nima deb o‘ylaysiz, ushbu gadjetlar ommabop bo‘la oladimi?
Izoh (0)