Poytaxtdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan an’anaviy Tashkent Open — 2014 turnirida bugun asosiy to‘rning dastlabki yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqaning shu bosqichiga yetib kelgan O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova bugun musobaqaning amaldagi g‘olibasi serbiyalik Boyana Yovanovskiga qarshi kortga chiqdi.
Dastlabki setda Nigina 4:6 hisobida yutqazdi. Ikkinchi setda 1:4 hisobi bilan ortda qolayotgan Abduraimova hisobni tenglashtira oldi. Biroq setni baribir boy berdi — 5:7.
Shunday qilib, Boyana ketma-ket ikkinchi yil Tashkent Open musobaqasi finalida o‘ynaydi.
Izoh (0)