O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxtiga keldi. ShHT oliy organining bu yilgi majlisi Tojikistonning ushbu tashkilotga raisligi doirasida o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Shu kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi. Ikki davlat rahbarlari o‘zaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida fikr almashdi.
Tojikiston Prezidenti g‘oyat mazmunli suhbat uchun Prezident Islom Karimovga minnatdorchilik bildirdi. Imomali Rahmon O‘zbekistonning ShHT faoliyati samaradorligi va xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan amaliy tashabbuslari o‘z vaqtida ilgari surilgani va ular har tomonlama asosli ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga tashrifi davom etmoqda.
Izoh (0)