Quyosh sathida 2012-yildan beri kuzatilmagan eng katta chaqmoq sodir bo‘ldi. Mazkur tabiiy hodisa natijasida yuzaga kelgan quyosh to‘foni ayni damda Yer sayyorasi tomon harakatlanmoqda. Bu haqda “Segodnya” xabar berdi.
11-sentabr, payshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan Quyosh chaqmog‘i natijasida ajralgan plazma tutuni Yer sayyorasiga soatiga 4,02 million kilometr tezlikda yaqinlashmoqda. U Yerga 12-sentabr kuni ertalab yetib kelishi mumkin.
Associated Press’ning ma’lum qilishicha, AQShning Kosmosdagi ob-havo bashorati markazi astrofiziklari foydalanadigan shkala bo‘yicha quyosh chaqmog‘i o‘zining maksimal darajasiga erishgan.
Sun’iy yo‘ldoshlar bergan ma’lumotlar bo‘yicha fikr bildirgan mutaxassis Tom Bergerning so‘zlariga ko‘ra, yo‘ldoshlar va radioaloqa tizimida kichik miqdorda nosozliklar kuzatilishi mumkin.
Izoh (0)