O‘zbekiston shaxmatchilari oilasida xalqaro grossmeyster talabini bajargan sportchilar safi yana bittaga kengaydi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik xalqaro grossmeysterlar soni 11 taga yetdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Bunday nomga samarqandlik iste’dodli shaxmatchi, ko‘plab nufuzli xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Jahongir Vohidov sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, Jahongirning otasi Tohir Vohidov ham xalqaro grossmeyster unvoniga ega bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 16 yoshida xalqaro master talabini bajargan Jahongir oradan uch yil o‘tib, xalqaro grossmeyster unvoniga ega bo‘ldi.
Izoh (0)