Facebook iyun oyidan beri tarmoq foydalanuvchilari kuniga bir milliard marta video tomosha qilayotganini e’lon qildi. Bu haqda Mashable ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Facebook’da video tomosha qiluvchilarning uchdan ikki qismi mobil versiya orqali ushbu xizmatdan foydalanadi. Tarmoqda video ko‘ruvchilar sonining oshishiga Ice Bucket Challenge – mushak falaji bilan og‘riganlar davolanishi uchun o‘tkazilayotgan hayriya aksiyasi ham sabab bo‘lgan bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Chunki, ko‘pchilik ushbu aksiya davomida o‘z ustidan suv quyib, videoni Facebook’ka yuklagan yoki YouTube orqali videolar Facebook’ka bo‘lishilgan (share qilingan) edi.
Hozirda Facebook ijtimoiy tarmog‘i ham YouTube va boshqa video-xostinglar kabi videolar necha marotaba ko‘rilganini ko‘rsatish funksiyasi ustida ishlamoqda.
Facebook yangiliklar lentasining maqsadi – kimga nima zarur bo‘lsa, unga o‘sha zarur narsaning o‘z vaqtida yetib borishida. Shuningdek, tarmoqda avvalgidan ko‘proq odamlar video ko‘rishmoqda, bo‘lishishmoqda, deydi Facebook’ning video loyihalari menejmenti rahbari Fidji Simo.
Izoh (0)