Lumia 920’ning braziliyalik foydalanuvchisi tunda smartfonini zaryadlashga qo‘ygan, shundan so‘ng qurilmadan olov chiqqan. Smartfon egasi Fabritsioning ta’kidlashicha, qurilma hali ham ishlamoqda va hatto zaryad ham olmoqda. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Fabritsio smartfonining yana yonib yoki portlab ketishidan havotirda. Uning smartfoni uchun berilgan kafolat muddati ikki oy avval tugagan. Biroq, u Nokia’dan smartfonini bepul almashtirib berishini so‘ramoqchi.
Agar yonib ketgan smartfoni almashtirib berilmasa, Fabritsio Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfon sotib olmoqchi. Bungacha esa, o‘zining Lumia 920 smartfonini ishlatib turadi.
Izoh (0)