Shvetsiyadagi Karolina instituti olimlari uzoq umr ko‘rishni xohlovchi odamlarga kamharakat va o‘tirgan holda hayot kechirishni tavsiya qilmaydi, deb xabar bermoqda RuNews24.
Aniqlanishicha, yetarlicha harakat faolligi mavjud bo‘lmaganda, odamda keksayish jarayonlari genetik darajada tezlashadi.
Professor May-Lis Xelleniusning ma’lum qilishicha, qarilik jarayonining boshlanishi telomerlar — DNK uchlarining kaltalashishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, odamlarning ishlash qobiliyati pasayib, salomatligining salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi.
Bu boradagi tadqiqot natijalari Daily Telegraph jurnalining “O‘rnidan turish qanday qilib keksayishga qarshi eng yaxshi usul bo‘la oladi?” (How standing might be the best anti-ageing technique?) nomi bilan chop etilgan maqolasida batafsil yoritib berilgan.
Izoh (0)