AQShning Nyu-York shahri “Plaza” mehmonxonasidagi chiqishlaridan birida qo‘shiqchi Ledi Gaga shovqin solayotgan tinglovchilarga qo‘pol muomalada bo‘ldi. San’atkor jaz yo‘nalishidagi qo‘shig‘ini tugatishga ulgurmay, unga xalal bergan muxlislardan jim bo‘lishni so‘radi, deb xabar bermoqda Associated Press.
“Siz (senzuraga zid so‘zlar bilan)... ovozingizni o‘chira olasizmi? Biz bu yerda jaz kuylayapmiz”, — deya Ledi Gaga yuzlab tomoshabinlarga murojaat qildi. “La’nati boyvachchalar”, — dedi u va zalda tinchlik o‘rnatilsa, minnatdor bo‘lishini ta’kidladi.
Qo‘shiqchi Harper’s Bazaar ayollar jurnali tomonidan Nyu-York Moda haftaligi doirasida tashkil etilgan kechada chiqish qildi. Tadbirga Donatella Versache, aktrisa va model Bruk Shilds, qo‘shiqchilar Maksvell va Migel singari mashhur mehmonlar ham tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun, Ledi Gaganing Toni Bennett bilan hamkorlikdagi Cheek to Cheek nomli albomi muxlislar e’tiboriga 23-sentabrda havola etilishi rejalashtirilgan. Moda haftaligi doirasidagi oqshomda Ledi Gaga kuylagan qo‘shiqlar mazkur yangi albomdan joy olgan.
Izoh (0)