Amerikalik ko‘zi ojiz sportchi Erik Veyenmayer Kolorado daryosi bo‘ylab qayiqda suzadi, deb xabar bermoqda Los Angeles Times.
23-sentabr kuni 46 yoshni qarshi oladigan sportchiga yana bir ko‘zi ojiz — AQSh harbiy dengiz floti veterani Lonni Bedvell hamrohlik qiladi. Daryo bo‘ylab sayohat 7-sentabr kuni Arizona va Yuta shtatlari chegarasidagi Li Ferri hududidan boshlanishi rejalashtirilgan.
Uch hafta davom etadigan sayohat chog‘ida sportchilar 450 kilometr atrofidagi masofani bosib o‘tishni mo‘ljallamoqda.
Erik Veyenmayer ko‘rish qobiliyatini 13 yoshida yo‘qotgan. Shunga qaramay, u yugurish va kurash bilan shug‘ullana boshlagan. Kollej va magistraturani tamomlagach, adabiyot fani o‘qituvchisi va sport bo‘yicha murabbiy sifatida dars beradi.
O‘qish vaqtida alpinizmga qiziqib qolgan Erik 2002-yil dunyodagi eng baland yetti tog‘ cho‘qqisini, ular orasida Everestni ham zabt etgan.
Izoh (0)