Tailandning yangi Bosh vaziri Prayut Chan-Ocha yaqin yillarda amalga oshiriladigan katta o‘zgarishlar borasida taklif bildirishi kerak bo‘lgan Islohotlar bo‘yicha milliy kengash a’zolari oldida nutq so‘zlar ekan, siyosiy raqiblari jodugarlarni Bosh vazirga nisbatan la’nat o‘qishga ko‘ndirilgani haqida shikoyat qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Bosh vazir islohotlar mamlakatda tartib va tinchlik o‘rnatilishiga umid bildirar ekan, tomog‘i va tanasining orqa (kurak) qismida og‘riq sezayotganini ma’lum qildi. “Menga la’nat o‘qilganini aytishdi. Shundan so‘ng, tanamda titroq paydo bo‘lgunga qadar boshimdan muqaddas suv quydim. Shu sababli shamollab qoldim”, — dedi Prayut Chan-Ocha.
Eslatib o‘tamiz, Tailand harbiy xuntasi yetakchisi Prayut Chan-Ocha 21-avgust kuni mamlakat Bosh vaziri etib saylangan.