IFA-2014 ko‘rgazmasi davomida Huawei kompaniyasi Ascend Mate 7 planshetofonini taqdim etdi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Smartfonning o‘lchamlari 157×81×7,9 millimetrni, og‘irligi esa 185 grammni tashkil etadi. Bu smartfon Samsung Galaxy Note 4’dan kattaroq va ingichkaroq.
Unda 6 dyuym 1080×1920 pikselli displey, 1,8 GGs va 1,3 GGs chastotaga ega to‘rttadan hamda bitta 230 MGs chastotaga ega, jami 8+1 yadroli protsessor o‘rnatilgan. Smartfonning 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotirali hamda 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotirali turlari sotuvga chiqariladi. Uning old kamerasi 5 megapiksel, orqa kamerasi esa 13 megapiksel bo‘ladi.
Smartfonda 4100 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. Smartfon Android 4.4 operatsion tizimida, kompaniyaning EMUI 3.0 interfeysi asosida ishlaydi. Ascend Mate 7 smartfoni 30 dan ortiq davlatlarda sotiladi. Kichik xotirali turining narxi 499 yevro bo‘lsa, katta xotirali turining narxi esa 599 yevro bo‘ladi.
Shuningdek, Huawei kompaniyasi IFA-2014 ko‘rgazmasida yangi 64-bitli protsessorga ega Ascend G7 smartfonini ham taqdim etdi.
Izoh (0)