Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya o‘zining sobiq klubi — “Real” prezidenti Florentino Peres bilan hech qanday munosabatda bo‘lmaganini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Jahon chempionati finali oldidan ‘Real’dan xat oldim. Maktubda mendan final o‘yinida maydonga tushmaslik so‘ralgandi. Men jarohatim borligiga qaramay, bu o‘yinda qatnashish uchun harakat qilayotgandim. Xatni o‘qib chiqib, shu zahoti yirtib tashladim. Men muhim o‘yin oldidan jamoadoshlarim bilan birga bo‘lishni istadim.
Bizning o‘zaro munosabatlarimiz a’lo darajada edi. Ammo ‘Real’ prezidenti Florentino Peres haqida bunday deya olmayman. U bilan hech qanday munosabatda emasdim”, — dedi Di Mariya.
Izoh (0)