Rossiyaning Sverdlovsk viloyati prokuraturasi mamlakat ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan Adolf Gitler surati tushirilgan maktab kundaligi haqidagi xabar ustidan tekshiruv tashkil etdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Bosh prokuraturasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Amalga oshiriladigan nazorat ishlari doirasida chop etilgan mahsulot qonuniyligi tekshiriladi. Shuningdek, poligrafiya mahsulotida terrorchilik faoliyatini amalga oshirish, dushmanlik va nafrat tuyg‘ularini alanga oldiradigan belgilar bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Tekshiruvdan so‘ng, prokuratura tomonidan zaruriy choralar ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Smolensk shahrida sahifalaridan biriga Adolf Gitlerning surati tushirilgan maktab kundaligi chop etilib, Yekaterinburgda sotuvga chiqqan edi.
Izoh (0)