Bugun, 5-sentabrdan boshlab O‘zbekiston va Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqarildi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Chiptalarni o‘yin bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” stadioni kassalaridan xarid qilish mumkin. O‘yin chiptalari narxi toifalarga qarab 10, 15 hamda 20 ming so‘m qilib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘rtasida 8-sentabr kuni “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yinni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqaradi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Yangi Zelandiyaga qarshi kechadigan uchrashuvda bugungi kundagi terma jamoaning eng kuchli tarkibi o‘ynashini ma’lum qilgan edi.