Apple kompaniyasining yangi iPhone 6 smartfoni hali taqdim etilmagan bo‘lsa-da, Xitoyda unga oldindan buyurtma qabul qilish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda ChinaDaily ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
China Mobile kompaniyasi o‘tgan seshanba kuni 33 000 dona iPhone 6 smartfonining har ikkala – 4,7 hamda 5,5 dyuym displeyli turlari uchun oldindan buyurtma qabul qilgan. Bundan taxmin qilish mumkinki, yangi iPhone ikki xil displeyda taqdim etiladi.
Biroq, smartfon qachon buyurtmachilar qo‘liga yetib borishi aniq emas. Ushbu jarayonga aloqador kishining so‘zlariga ko‘ra, ilk iPhone 6 smartfonlari joriy oyning o‘rtalarida Xitoyda sotila boshlanadi.
Izoh (0)