Hindiston prezidenti Pranab Mukerji Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Janubiy Osiyo tillari kafedrasi professori A. Shamatovni Jorj Grirson nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirladi. Bu haqda UzReport axborot agentligi xabar bermoqda.
Taqdirlash marosimida A. Shamatovning hind tilini xorijda tarqalishiga ko‘maklashayotgan katta olimlardan biri ekanligi ta’kidlandi. Tadbirda, shuningdek, olimning Hindistondagi janubiy shtatlar aholisi orasida tarqalgan “dakxini” nomli hind tilining bir turini o‘rganish bo‘yicha olib borgan ishlari alohida ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, o‘zbek olimi Shamatov hind tillaridan tashqari, rus, ingliz, urdu, panjob, fors va tojik tillarini mukammal darajada biladi. U bir qancha ilmiy ishlarga mualliflik qilgan.
Doktor Jorj Grirson nomidagi xalqaro mukofot 1989-yilda Hind tilini o‘rganish bo‘yicha Markaziy institut tashabbusi bilan Hindiston hukumati tomonidan ta’sis etilgan. Mukofot ko‘plab yillar mobaynida tillarni, hind tili dialektlari va adabiyotini o‘rganish bilan shug‘ullangan britaniyalik hindshunos Jorj Abraham Grirson (1851—1941) sharafiga nomlangan.
Izoh (0)