O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan mobil dasturlar ishlab chiquvchi Global Solutions kompaniyasi bilan hamkorlikda Central Bank of Uzbekistan mobil dasturi yaratilib, ko‘chirib olish uchun Google Play’ga joylandi. Bu haqda InfoCom.uz xabar bermoqda.
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini axborot bilan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish va avtomatlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanuvchilarga Markaziy bankning internetdagi ommabop axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi.
Shuningdek, dastur orqali yangi ma’lumotlardan, jumladan, valyuta kurslaridan boxabar bo‘lish mumkin. Mobil dastur o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lib, ma’lumotnoma ko‘rinishida tuzilgan. Bu esa foydalanuvchilarga axborotni bo‘limlar bo‘yicha osonlik bilan topishga yordam beradi.
Yaqin kunlarda dasturning iOS platformasi uchun ham ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)