“Real” hujumchisi Goal.com’ga bergan intervyusida o‘z jamoasining ushbu mavsumdagi transferidan qoniqish hosil qilmaganiga ishora qilib o‘tdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Madridliklar mazkur yozda Anxel Di Mariya va Xabi Alonsoni sotib yuborib, Keylor Naves, Xames Rodriges, Toni Kroosni xarid qildi, shuningdek, Xavyer Ernandesni ijaraga oldi.
“Mening o‘z qat’iy qarorim bor, lekin men buni oshkor qilmayman. Sababi ertasiga mening so‘zlarim nashrlarning bosh sahifalaridan o‘rin oladi. Men buni istamayman. Agar klub prezidenti yangi futbolchilarni xarid qilib, eskilarini sotib yuborishni istasa, biz bu qarorni hurmat qilishimiz va qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Yangi o‘yinchilar doimo o‘zgarishlarga olib keladi: yo yaxshi tomonga, yoki yomon tomonga. Di Mariya va Xabi biz uchun muhim o‘yinchilar edi, ammo ular ketdi. Lekin biz yangi o‘yinchilardan xursand bo‘lishimiz kerak. Ishonchim komilki, barchasi joyida bo‘ladi”, — deydi Ronaldu.
Izoh (0)