Nokia balki Android’dan Windows Phone’ga o‘tayotgandir, biroq u hali Android olamini butkul tark etmagan. Kompaniya Samsung Galaxy qurilmalarida o‘zining Here Maps xaritalar dasturini o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Bu haqda Mashable ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Nokia kompaniyasining ushbu dasturi bepul bo‘lib, unda 200 ta davlat xaritasi mavjud. Ulardan 100 tasida esa harakatlanish yo‘nalishi ham ko‘rsatiladi.
Ushbu dasturdan offlayn – internet o‘chirilgan paytda ham foydalanish mumkinligi Google Maps foydalanuvchilarini unga ko‘chib o‘tishlariga sabab bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Biror davlat yoki hudud xaritasi qurilmaga yuklab olingandan so‘ng, o‘sha xaritadan offlaynda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)