Yakshanbaga o‘tar kechasi Shimoliy Amerika harbiy-kosmik mudofaasining Birlashgan qo‘mondonligi (NORAD) AQShning Viskonsin shtatidagi aeroportdan uchgan samolyot Atlantika okeaniga qulaganini ma’lum qildi. Bu haqda France-Presse agentligiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Viskonsindagi Uokesho aeroportidan uchgan samolyot Virjiniya shtatidagi Manassas aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan.
Samolyot bortida necha kishi bo‘lgani haqida axborot berilmadi.
Aviahalokat sodir bo‘lgan joyga NORAD buyrug‘i bilan ikkita F-16 qiruvchi samolyot yuborildi.
Izoh (0)