“Real” klubi hujumchi Krishtianu Ronalduni navbatdagi o‘yinlarda maydonga tushirmaslikka qaror qildi. Madrid klubi futbolchiga jismoniy holatini tiklab olish uchun 18 kunlik ta’til berdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasining ham sentabr oyi boshidagi o‘yinlariga chaqirilmagan.
Shu tariqa, “Real” jamoasi “Real Sosyedad” va “Atletiko”ga qarshi o‘yinlarni portugaliyalik futbolchisiz o‘tkazadigan bo‘ldi.
Izoh (0)