“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo paytida ichki muhit yomon bo‘lgani haqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Men bilan ishlagan murabbiylar orasida faqatgina Aleks Fergyuson bilan munosabatlarimiz juda qalin edi. Qolgan hech kim bilan bu darajada yaqin munosabatda bo‘lmaganman. To‘g‘ri, Pellegrini va Anchelotti bilan ham munosabatlarim yaxshi. Umuman olganda, futbolda do‘st orttirish emas, muvaffaqiyatga erishish kerak.
Mourinyo ‘Real’da ishlagan paytda jamoada ichki muhit yomon edi. Ba’zi shaxsiy muammolar ham paydo bo‘lardi. Uning ba’zi futbolchilar va muxlislar bilan o‘zaro munosabati yomon edi”, — deydi Ronaldu.
Izoh (0)