O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi bayrami tantanalarini o‘tkazish vaqtida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimi “Toshkent shahri ko‘chalarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash haqida”gi 145-sonli farmoyishga imzo chekdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, joriy yilning 31-avgust kuni soat 15:00 dan 23:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi:
- Bunyodkor ko‘chasi — Muqimiy ko‘chasidan Qoratosh ko‘chasigacha;
- Qoratosh ko‘chasi — Samarqand darboza ko‘chasidan O‘zbekiston ko‘chasigacha;
- O‘zbekiston ko‘chasi — Bunyodkor ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;
- Bobur ko‘chasi — O‘rikzor ko‘chasidan Sharshara ko‘chasigacha;
- Beshyog‘och ko‘chasi — O‘zbekiston ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;
- Furqat ko‘chasi — Sharshara ko‘chasidan A. Navoiy ko‘chasigacha;
- Olmazor ko‘chasi — O‘zbekiston ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha;
- Sebzor ko‘chasi tonnelga kirish yo‘lidan;
- Zarqaynar ko‘chasi tonnelga kirish yo‘lidan.
Izoh (0)