Rossiyaning Chelyabinsk shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida yana bir o‘zbekistonlik sportchi o‘z ishtirokini yakunladi. 73 kilogramm vazn toifasidagi O‘zbekistonning ikkinchi vakili Sarvar Shomurodov ham uchinchi bellashuvida mag‘lubiyatga uchradi, deb ma’lum qildi “Olamsport”.
Dastlab turkmanistonlik Qosim Populovni mag‘lub etgan Sarvar ikkinchi davrada chernogoriyalik Sedrik Bessini taslim etdi. Biroq uchinchi bellashuvida BAA vakili Viktor Skvortovga yutqazib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, 27-avgust kuni 73 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Mirali Sharipov ham uchinchi bahsida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan edi.
Izoh (0)