Har yili O‘zbekiston Davlat byudjetining 60 foizi sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarni rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuhra Botirova ma’lumotiga tayanib, “Kun” xabar berdi.
Manbada keltirilishicha, o‘tgan 23 yil davomida O‘zbekistonda 1500 dan ziyod zamonaviy sport obyektlari qurilgan. 2000-yildagiga nisbatan tug‘ma nuqson (anomaliya) bilan tug‘ilish 1,8 barobar kamaygan.
O‘zbekiston yosh avlod salomatligi yo‘lida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan davlatlar o‘ntaligiga ham kirgan.
Shuningdek, shu yo‘nalishda O‘zbekiston Prezidentining 2014-yil 1-avgustdagi qarori bilan 2014—2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash borasidagi Davlat dasturi tasdiqlangan. Dastur 40 ta loyihani qamrab, uning ijrosiga 205,3 milliard so‘m hamda 206,4 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)