Kecha Yevropa Chempionlar ligasi 4-saralash bosqichining javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda final bosqichiga yo‘l olgan beshta jamoaning nomi ham ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Uff.uz.
Jumladan, Londonning “Arsenal” klubi Aleksis Sanchesning yagona goli evaziga guruh bosqichiga yo‘l oldi. Shuningdek, “Bayer” “Kopengagen”ni, “Atletik” esa “Napoli”ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Chempionlar ligasi, 4-saralash bosqichi. Javob o‘yinlari:
“Malme” (Shvetsiya) — “Red Bull” (Avstriya): 3:0 (2:0, 1:0)
“Ludogorets” (Bolgariya) — “Styaua” (Ruminiya): 1:0 (0:0, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha — 6:5
“Arsenal” (Angliya) — “Beshiktosh” (Turkiya): 1:0 (1:0, 0:0)
“Bayer” (Germaniya) — “Kopengagen” (Daniya): 4:0 (3:0, 1:0)
“Atletik” (Ispaniya) — “Napoli” (Italiya): 3:1 (0:0, 3:1)
Izoh (0)