26-avgust kuni Osiyo Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasi Malayziya U-19 yoshlar termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi xabar berdi.
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasi bugun yig‘in davomidagi o‘zining ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Mochinov shogirdlari ushbu uchrashuvda Malayziya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi to‘p surdi va 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Malayziyalik yoshlar har ikki bo‘limda ikkitadan to‘p kiritib, yakunda g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Mochinov shogirdlari yig‘in davomidagi ikkinchi uchrashuvini 28-avgust kuni o‘tkazadi. Shu kuni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga Malayziya U-16 o‘smirlar terma jamoasi raqiblik qiladi.
Malayziyadagi yig‘in 31-avgust kuni yakuniga yetadi va terma jamoa Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun u yerdan to‘g‘ri Tailandga yo‘l oladi.
Izoh (0)