“Barselona” hujumchisi Neymar o‘z vaqtida musiqa bilan shug‘ullanishni orzu qilganini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Agar futbolchi bo‘lmaganimda, o‘zimni musiqaga bag‘ishlardim. Ammo bu muvaffaqiyatli chiqardi, deb o‘ylamayman. Gap shundaki, men yaxshi kuylay olmayman va birorta ham musiqa asbobini chala olmayman.
Braziliyalik futbolchilar ‘Barselona’da o‘zlarini yaxshi his qiladi. Ular bu yerga kelar ekan, baxtli bo‘lishlariga oldindan ishonadi”, — deydi Neymar.
Izoh (0)