Bugun Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Minskda o‘tkaziladigan Ukraina — Yevropa Ittifoqi — “Yevrosiyo uchligi” uchrashuvi vaqtida Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan ko‘rishadi. Bu uchrashuv tadbirlarning taxminiy dasturidan joy olgan, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Poroshenkoning Lukashenko bilan uchrashuvi “Dvorets Nezavisimosti” (“Mustaqillik saroyi”) da o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mazkur saroyda Ukraina rahbari Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan ham ko‘rishadi.
Tadbirning rasmiy qismi ham bugun bo‘lib o‘tadi. Unda davlatlar rahbarlari va Yevropa Ittifoqining xalqaro munosabatlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Ketrin Eshton ishtirok etadi. Undan so‘ng, davlatlar rahbarlarining OAVlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Kecha Rossiya prezidenti matbuot kotibi Poroshenkoning Putin bilan uchrashishi haqida aytib o‘tgan bo‘lsa-da, mazkur uchrashuv hozircha tadbirlar dasturiga kiritilmagan. Biroq, berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, dasturga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Izoh (0)