“Sog‘lom avlod uchun” nodavlat xalqaro xayriya fondi “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 26-avgust kuni Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridagi “Bolalar shaharchasi” va Mehribonlik uylarining 50 nafar tarbiyalanuvchisi uchun Samarqandga safar tashkil qildi. Bu haqda UzDaily.uz xabar bermoqda.
Safar davomida murabbiylar va xayriya fondi xodimlari hamrohlik qilayotgan bolalar Samarqanddagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qildi. Yo‘l haqi “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tomonidan qoplangan bo‘lsa, “Sog‘lom avlod uchun” fondi safar ishtirokchilarini 650 ming so‘mlik oziq-ovqat bilan ta’minladi.
Mazkur tadbir bolalarning yozgi ta’tilini qiziqarli va mazmunli o‘tkazish, o‘zbek xalqining buyuk ajdodlari qoldirgan merosga ehtiyotkorlik bilan murojaat qilish hamda vatanga bo‘lgan muhabbat va milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Izoh (0)