O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 25-avgustdagi Farmoni bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhi faxriy unvonlar bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Mustaqillikning 23 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan Farmonga muvofiq, huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilishga, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga katta hissa qo‘shganlar uchun quyidagi faxriy unvonlar berildi:
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist”;
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”;
- “Do‘stlik” ordeni;
- “Mardlik” ordeni;
- “Jasorat” medali;
- “Sodiq xizmatlari uchun” medali;
- “Shuhrat” medali.
Izoh (0)