Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi avtomobil haydovchi mahalliy ayollarga rulda bo‘lganda pardoz qilishni taqiqlab qo‘ydi. O‘ziga oro berib, sochini turmaklayotgan ayol haydovchilar 1000 dirham (270 dollar) miqdorida jarimaga tortiladi. Ularning avtomobillari esa bir oy muddatga olib qo‘yiladi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar bermoqda.
Mansabdor shaxslar tomonidan tarqatilgan axborotga ko‘ra, ayollarning bunday xatti-harakati yo‘llarda xavf-xatar yaratmoqda.
Dubay politsiyasining transport bo‘limi direktor o‘rinbosari Saif Muheyr al-Mazruiy avtomobil haydash jarayonida o‘ziga pardoz berish telefonda suhbatlashishdan ham xavfliroq ekanini ta’kidladi.
Shu o‘rinda, Saif Muheyr al-Mazruiy qo‘l telefonida gaplashish ham 200 dirham (54 dollar)lik jarimaga tortilishini qayd etdi. Biroq mamlakatda hands-free qurilmasi orqali telefonda gaplashish taqiqlanmagan.
Joriy yilda Dubay politsiyasi tomonidan qayd etilgan 26,5 mingdan ziyod yo‘l-transport hodisasi telefonda gaplashish natijasida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)