Bugun soat 10:00 dan Namangan shahrining markaziy istirohat bog‘ida an’anaviy tarzda 54-marotaba nishonlanayotgan gullar bayrami boshlandi. Bayram ikki kun davom etadi. Bu haqda Popcorn.uz xabar bermoqda.
Bugungi bayramda viloyat va shahar hokimi ishtirok etib, viloyat aholisiga katta bayram konserti tuhfa etildi.
Yoshlar markazida nogiron bolalar uchun xayriya konserti ham bo‘lib o‘tdi. Bayramning faxriy mehmoni sifatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon ham ishtirok etmoqda.
Bugun kechki payt Namangan viloyatining Uychi tumanida Sardor Rahimxon Namangan bo‘ylab olti kunlik gastrol safariga yakun yasaydi.
Izoh (0)