“Bavariya” yarim himoyachisi Frank Riberi tizzasidagi jarohati tuzalib, sentabr oyi o‘rtalarida maydonga qaytishi kutilmoqda, deb xabar berdi Uff.uz.
“O‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. Ammo og‘riq hali o‘tib ketmadi. Shunday bo‘lsa-da, 10 kun oldingidan yaxshiroqman. Balki chorshanbadan mashg‘ulotlarga kirisharman.
‘Shalke’ga qarshi o‘yinga qadar tayyor bo‘lishim qiyin. Ammo ‘Shtutgart’ga qarshi 13-sentabrda bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushishga umid qilmoqdaman”, — deydi Riberi.
Izoh (0)