“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike primeraning 1-turida “Elche” ustidan 3:0 hisobi bilan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
“Men juda xursandman. Har doim Messini jahonning eng yaxshi o‘yinchisi ekanligini aytib kelganman. U har yerda hozir: gol urishda, uzatmalarda, himoyada, pressingda. Messiga sehrli tayoqcha tekkizilgan: u buni har kuni namoyish qilmoqda. U mashg‘ulotlarda ham qoyil qoldira oladi.
Qora mushuk? U bizning o‘rindig‘imizni chetlab o‘tdi. ‘Elche’ o‘rindig‘ini ham (kuladi).
Munir El-Haddadi o‘smoqda. U tirishib ishlamoqda, oldinda bizga yaxshi vaziyatlar yaratishda yordam bermoqda. Undan ko‘p narsa kutyapman.
Xavining ishga bo‘lgan munosabatidan xursandman. U bugun o‘ynamadi, chunki to‘liq tayyor emas edi. Mavsum davomida u o‘z ishini davom ettiradi.
Deulofeu — ajoyib o‘yinchi. U bu mavsumda ko‘p gol urishi mumkin, ammo u ‘Sevilya’da ko‘proq maydonga tushsa kerak, deb o‘ylayman”, — deydi Enrike.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Elche” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin qora mushuk tufayli ikki daqiqaga to‘xtab qolgan edi.
Izoh (0)