Yangi taqdim etilgan LG G3 smartfonida yoriqlar paydo bo‘layotgani butun dunyo bo‘ylab kuzatilmoqda. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Yoriqlar smartfonning mikrofon teshigida tepadan pastga qarab yo‘nalgan bo‘lib, bu haqda juda ko‘p foydalanuvchilar xabar bermoqda. Smartfon USB-kabelini portga ulashdagi qiyinchiliklar bu kabi yoriqlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, gongkonglik LG G3 smartfoni foydalanuvchilari ham xuddi shunday muammoni ta’kidlashgan. Barcha smartfonlarda suratdagi kabi aynan bir xil ko‘rinishda va aynan bir xil joyda yoriqlar paydo bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, LG G3 smartfoni O‘zbekistonda 1 800 000 so‘mdan sotilmoqda va u The Verge nashrining ma’lumotlariga ko‘ra eng yaxshi smartfonlar o‘nligidan o‘rin olgan.
Izoh (0)